Savodxonlik ayyomi

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 120-umumta’lim maktabida savodxonlik bayrami o‘tkazildi.

Tadbirda maktabning ustoz-murabbiylari, ota-onalar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi. Bayramni har tomonlama mazmunli o‘tishida 1-”A” sinf rahbari Zemfira Azimova 38 nafar o‘quvchilari bilan yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rdi. Tadbirda bolalar savodxonlikning ilk sinovi sifatida ona Vatanimizni madh etuvchi she’r, qo‘shiqlar, turli sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.

Kechada maktab direktori Dilorom Atamuratova so‘zga chiqib, bolajonlarni bugungi bayram bilan chin dildan tabrikladi va ularga kelajakdagi o‘qishlarida omad tiladi.

Mayna HASANOVA

Yana o‘qing:  Mo‘jizalar yili bo‘ldi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: