Hasanboy – yilning eng yaxshi bokschisi

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining oltin medal sohibi Hasanboy Do‘smatov Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi (AIBA) tomonidan “Yilning eng yaxshi bokschisi” sovrini bilan taqdirlandi.

Bugungi kunda o‘zbek boks maktabi tarbiyalanuvchilari sport olamining barcha nufuzli musobaqalari – Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, hech kimdan kam emasliklarini va kam bo‘lmasliklarini isbotlamoqda.

2016 yilgi sport mavsumi bokschilarimiz uchun g‘alabalarga boy bo‘ldi. Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimizning tajriba va mahoratiga dunyo tan berdi. Ular mazkur nufuzli musobaqada 3 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Vazni 49 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarda Hasanboy Do‘smatov O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga dastlabki oltin medalni keltirgan edi. U o‘zbek bokschilari orasida birinchi bo‘lib, Olimpiadaning eng yaxshi bokschisi sifatida Vel Barker kubogi bilan taqdirlandi.

Yaqinda Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi bokschisini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnomada Hasanboy Do‘smatov eng ko‘p ovoz to‘plab, kubalik Robeysi Ramires va qozog‘istonlik Doniyor Yeleusinovni katta farq bilan ortda qoldirdi.

Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi va AIBAning 70 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda bokschimizga 2016 yil yakunlariga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi bokschisi” sovrini topshirildi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  NAFOSATLI, OQILA, TASHABBUSKOR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: