Qovoq – vitamin va minerallar xazinasi

Qovoq juda foydali mahsulot. Uning tarkibida inson organizmi uchun muhim hisoblangan vitamin va mikroelementlar mavjud. Bu mahsulotni o‘zida darmondorilar kompleksini jamlagan “xazina”ga qiyoslashadi.

Qovoq tarkibidagi A vitaminining serobligi bo‘yicha sabzidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Temir moddasining ko‘pligi bo‘yicha esa u sabzavotlar orasida rekord natijaga ega. Qovoqning 50dan ortiq turi mavjud. U 90 foiz suvdan tashkil topgan. Bu tarvuzga nisbatan 2 foiz kam degani.

100 gr qovoq 22 kkalga teng. Uning tarkibi temir, kaliy, kalsiy, magniy minerallari va Ye, A, S, D, F, PP, T, V guruhi vitaminlariga boy. Qovoq urug‘i tarkibida esa 50 foiz moy, 35 foiz o‘simlik oqsili, qand, aminokislotalar, leysin, tirozin kislotasi va karotinoidlar mavjud.

Undan tayyorlangan damlama ko‘krak og‘riganda, quruq yo‘talda tavsiya etiladi. Etini suvda pishirib, sariq kasalligida, buyrak, qovuq xastaliklarida siydik haydovchi omil sifatida iste’mol qilish mumkin. Qovoq ovqat hazm qilish tizimi a’zolarining ishini yaxshilaydi. Shuningdek, peshob, o‘t haydovchi xususiyatga ega. Ushbu mahsulot ichni tozalaydi. Shish bilan kechuvchi qon tomir kasalliklari, jigar, buyrak xastaliklarida ijobiy ta’sir etadi.

Ibn Sino qovoqni qo‘rda ko‘mib pishirib, qand bilan aralashtirib, ichni yumshatish uchun iste’mol qilishni tavsiya etgan. Uning shirasi bilan esa, tomoq oqrig‘ini va miya kasalliklarini davolagan.

Yana qo‘rga ko‘mib pishirib, qo‘l-oyoq og‘rigan joylariga bog‘lansa, oqriqni qoldiradi. Shu tarzda pishirilgan qovoqni o‘simlik moyi bilan aralashtirib bitmaydigan yaralar ustiga bog‘lansa, malhamdek ta’sir qiladi. Mazkur sabzavot tarkibida pektin moddasi ko‘p bo‘lganligi bois, uni iste’mol qilsa, organizmni xolesterindan forig‘ bo‘lishiga ko‘maklashadi. Gijjalarni tushirish uchun qovoq urug‘ini iste’mol qilish tavsiya etiladi.

 

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  SOG‘LOM BOLA DASTURXONI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: