Ne’matni borida qadrlaylik
Hayotimizga yangidan-yangi zamonaviy texnologiyalarning kirib kelishi bois, bugungi kunimizni elektr energiyasiz tasavvur etolmaymiz.
Yurtimizda elektr energetikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan.
Afsuski, ba’zan iste’molchilar o‘rtasida elektr energiyasi to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirilmaslik holatlari uchrab turadi. Ta’kidlash lozimki, elektr quvvati ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar qancha ko‘p bo‘lmasin, biroq ular cheklangan. Shu sababli bu ne’matni borida qadrlab, uni behudaga ishlatmaslik lozim. Noqonuniy yo‘llar bilan elektr energiyasidan foydalanish, uning iste’moliga nisbatan e’tiborsizlik davlatimiz iqtisodiyotiga zarar yetkazishini unutmaslik zarur. Agarda yetkazilib berilayotgan elektr energiyasidan foydalanganlik uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirmasa, shuningdek, nojo‘ya xatti-harakat yoki qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, bunday shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.
Durbek MAQSUDOV,
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi Toshkent shahar bo‘limi inspektori