O‘g‘lim shifo topdi

Ba’zan turmush tashvishlari bilan bo‘lib, inson o‘z salomatligiga jiddiy e’tibor bermaydi. O‘g‘lim Akmaljon Jabborov ham taqdir taqozosi bilan qattiq betob bo‘lib qoldi. Rangi siniqqan, jismidagi og‘riqdan azoblanayotgan nuridiydamni ko‘rib, dunyo ko‘zimga qorong‘u bo‘lib ketdi. O‘sha paytlarda ko‘nglimga chiroq yoqsa yorishmasdi. Biroq, malakali shifokorlar ko‘magi bilan dilimga cho‘kkan g‘ashlik aridi. O‘g‘lim Qibray tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida jonkuyar tibbiyot xodimlari ko‘magi bilan shifo topdi.

Buning uchun Qibray tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Rustam Umarov, shifoxona bosh shifokori Gulnora Muhammedovaga, bosh shifokor o‘rinbosari Saodat Mirahmedova, davolovchi shifokor Mavluda Mahmudova, Fathulla Abdurazzoqov, katta hamshira Valida Arslonova, hamshira Zebo Mahamatova va Dinara Zahranovolarga chuqur minnatdorligimni bildiraman. El salomatligi yo‘lida hech ham charchamang, deyman.

 

Malohat NAZAROVA,

Toshkent shahri

Yana o‘qing:  Bokschilarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: