JAMG‘ARMA FAOLIYATIDAN (2013-8)

Jizzax viloyatida jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Do‘stlik tumani Tibbiyot kollejida tuman muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi bilan hamkorlikda kollej o‘quvchilari ishtirokida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 530 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyatida jam­g‘armaning mintaqaviy filiali Asaka tumani 16-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi viloyat bo‘limlari hamkorligida nogiron bolalar o‘rtasida sportning bir necha turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Turnir g‘oliblariga jamg‘armaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Surxondaryo viloyati jam­g‘armaning mintaqaviy filialida tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Termiz shahridagi O‘zbekiston va “Baynalmilal” mahallalarida 502 nafar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tganlarning 28 nafarini o‘smir qizlar tashkil etdi.

Navoiy viloyati jam­g‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Navoiy davlat pedagogika institutida ham xorijiy tillar fakulteti bilan hamkorlikda “Obod turmush yo‘lida – mustahkam jamiyat sari” mavzusida talabalar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, nikohning huquqiy asoslari mavzularida suhbatlar tashkil etildi.

FarFona viloyatida ham jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Farg‘ona tumanidagi 40-59-maktablarda jami 171 nafar o‘smir qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida o‘smir qizlar o‘rtasida tibbiy mavzularda davra suhbatlari tashkil etildi.

Abbosjon ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  “Hikmatlar yo‘lini tutgil...”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: