Yosh shaxmatchilarimiz muvaffaqiyati

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkazilayotgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida tashkil etilgan blits – tezkor shaxmat musobaqasida munosib ishtirok etdi.

Shveysarcha tizimda yetti turdan iborat musobaqada yigirmaga yaqin davlatdan 190 nafar shaxmatchi g‘oliblik uchun bahslashdi.

Iqtidorli shaxmatchimiz, FIDE ustasi Nodirbek Abdusattorov kolumbiyalik Luiza Fernanda Dias, hindistonlik Rishab Shoh, mo‘g‘ulistonlik Xosbayar Xangal, rossiyalik shaxmatchilar – Genrix Rolgeyzer va Daniil Golikov, turkmanistonlik Saparmurod Otaboyevni mag‘lubiyatga uchratib, turkiyalik Bahodir Ozen bilan durang o‘ynadi.

Nodirbek Yoqubboyev esa rossiyalik Artyom Dumanyan, turkmanistonlik shaxmatchilar Olloyor Shirliyev, Sulton Murodov, Saparmurod Otaboyev, qozog‘istonlik Kazbek Nogerbek va Shri-Lanka vakili Tilakartne ustidan g‘alaba qozonib, turkmanistonlik Farxan Kazimov bilan durang natija qayd etdi.

Yetti partiyada 6,5 ochkodan jamg‘argan Nodirbek Abdusattorov birinchi, turkiyalik Bahodir Ozen ikkinchi va Nodirbek Yoqubboyev uchinchi o‘rinni egalladi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  JAMG`ARMA FAOLIYATIDAN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: