“Yoqut sandiqcha” mo‘jizalari

Xalqimiz suyub iste’mol qiladigan anor qadimdan tabobatda keng qo‘llanilgan. Turli kasalliklarni davolashda uning mevasi, po‘sti bilan birga, butasining novdasi, po‘stlog‘i ham ishlatilgan.

Anor po‘stlog‘i tarkibida alkaloidlar, oshlovchi moddalar, katron, bo‘yoq va boshqa birikmalar mavjud. Mevasi tarkibida esa organik kislotalar, 21 foizgacha qand, S vitamini va boshqa birikmalar bor. Tibbiyotda anor po‘stlog‘idan tanin va meva sharbatidan esa limon kislotasi olinadi.

Alloma Abu Ali ibn Sino ham anor po‘stini milklar qonaganda, me’da kasalliklari (ich ketish, qon aralash ich ketish)da, peshob haydash, tishlar va milkni mustahkamlashda, yaralar va boshqa xastaliklarni davolashda keng foydalangan. Shuningdek, xalq tabobatida anor po‘stlog‘i, mevasi, meva po‘sti va guli istisqo (vodyanka), qo‘tir, yo‘tal, ich ketishi, gepatit (sariq) kasalliklarida hamda qon to‘xtatuvchi, peshob va gijja haydovchi dori sifatida ishlatiladi.

 

Anor sharbati singa (avitaminoz sababli tishlarning to‘kilib ketishi) kasalligida buyuriladi va ishtaha ochish uchun ham ichiladi.

 

Ushbu qaynatmani tayyorlash uchun qopqoqli idishga bir stakan suv bilan bir choy qoshiq anor po‘stlog‘i solib qaynatiladi. So‘ngra, ovqatdan oldin bir osh qoshiqdan ichiladi.

Anor po‘stlog‘ining kukuni saryog‘ yoki mol yog‘i bilan aralashtirib surtilsa, teridagi yiringli yaralarni tuzalishiga yordam beradi. Undan tayyorlangan qaynatma esa og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanishida yaxshi davo bo‘ladi.

Anor, olma, behi, limon, oshqovoq, nilufar va kashnich teng miqdorda aralashtirib qaynatilgan quyuq sharbatga asal qo‘shib iste’mol qilinsa, safro, qusish, ko‘ngil aynishi va tinka qurishidan xalos etadi.

 

Dilafro‘z ERGASHEVA,

1-Respublika tibbiyot kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Yoshlarga saylov qonunchiligi haqida tushuncha berildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: