Mening birinchi ovozim

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi…

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 117-modda.

 

Eldor USMONOV,

TATU talabasi:

O‘zbekistonda yoshlarning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha izchil sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Yurtimizda ularning ta’lim olishi, o‘z iqtidor hamda qobiliyatlarini to‘la namoyon etishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Shunday ekan biz kabi yoshlarda ona Vatanimiz taqdiriga, mamlakatimizda kechayotgan demokratik o‘zgarishlarga nisbatan daxldorlik hissi tobora ortib bormoqda. Buni tengdoshlarimning saylov qonunchiligini astoydil o‘rganayotgani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tadbirlariga katta qiziqish bildirayotgani misolida ham kuzatish mumkin.

Bu yil men saylovda ilk marotaba ishtirok etaman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga munosib nomzodni saylashda har bir ovoz muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan mening tanlovim ham mas’uliyatli ekanini chuqur anglagan holda saylov haqidagi tushunchalarimni, uning qonunchiligiga doir bilimlarimni oshirishga harakat qilyapman. Shu maqsadda tengdoshlarim bilan “Mening ovozim – Vatanim kelajagi” aksiyasi doirasida “Yoshlarning saylov jarayonlarida faol ishtiroki – jamiyat demokratlashuvining muhim omili” mavzuidagi davra suhbatida ishtirok etdim. Unda mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, yosh avlodni jismonan va ma’nan sog‘lom insonlar sifatida voyaga yetkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Bularning bari bo‘lajak saylovlarda faol bo‘lishga yordam beradi.

 

Dilfuza QURBONOVA,

Qorako‘l tibbiyot kolleji o‘quvchisi:

Ayni paytda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod va ularning ishonchli vakillari ishtirokida tashkil etilayotgan saylov oldi uchrashuvlar qizg‘in va yuqori ruhda o‘tmoqda. Ushbu tashviqot tadbirlari, o‘z navbatida, saylovda ilk bor ishtirok etayotgan men kabi yoshlarning saylovga oid bilimi va huquqiy saviyasini oshirishga xizmat qilmoqda.

Ushbu siyosiy tadbirda ilk bor qatnashayotgan tengdoshlarimiz har bir ovoz yurtning ertangi kuni, porloq kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini yanada teran anglab yetishlari lozim. Zotan, mamlakatimizda saylovlarni har tomonlama demokratik, ochiq-oshkora, erkin va adolatli tarzda o‘tkazish, fuqarolarning saylov jarayonlarida erkin, faol ishtirok etishi uchun barcha huquqiy asoslar yaratilgan.

Yana o‘qing:  Farmatsevtika sanoati: aholi uchun qanday qulaylik yaratilmoqda?

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan tanishish jarayonida ijtimoiy himoyaga alohida urg‘u berilayotganini, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishiga imkon yaratilishini anglab yetdik. Zero, buning zamirida butun O‘zbekiston yoshlarining taqdiri, istiqboli mujassam.

Men o‘zimga berilgan saylash huquqining qanchalik mas’uliyatli ekanligini his qilgan holda yaqinlashib kelayotgan saylovlarda faol saylovchi sifatida ishtirok etib, o‘zim uchun munosib deb bilgan nomzodga ovoz beraman.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: