Yoshlarga saylov qonunchiligi haqida tushuncha berildi

Kamolotga yetgan yoshlarning ong-u shuurida uning orzu-umidlari, intilishlari, haq-huquqi mujassam. Jamiyatimizda bo‘layotgan olamshumul o‘zgarishlar esa bevosita ularning ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq jarayondir.

Muhim siyosiy jarayonlarda esa keng omma, xususan, yoshlarning erkin ishtirokini ta’minlash demokratik davlatchilikning asosi hisoblanadi.

Hozirda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu siyosiy jarayon ayniqsa, ilk bor ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan yoshlar uchun ikki hissa mas’uliyatlidir. Endilikda ular o‘z haq-huquqlaridan foydalangan holda o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishadi. Biroq, bu jarayonda ularning faol ishtirokini ta’minlash uchun yosh saylovchilarning huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash zarur.

Respublikamizdagi o‘rta-maxsus hamda oliy ta’lim dargohlarida bo‘lib o‘tayotgan saylov oldi uchrashuvlari va targ‘ibot-tashviqot ishlari esa ana shu ezgu maqsad yo‘lida tashkil etilmoqda. Xususan, bizning kollejda ham bu galgi saylov jarayonida 495 nafar o‘quvchi ishtirok etishi kutilmoqda. Shularni inobatga olgan holda ta’lim maskanimizda seminar-treninglar tashkil etildi. O‘tkazilgan tadbirlarda jamiyatni yanada yangilash va demokratlashtirish fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlash bilan uzviy bog‘liqligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, milliy saylov tizimi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun, unga so‘nggi yillarda kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, saylovchilarning qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari xususida tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, barcha tadbirlar qizg‘in va sermazmun o‘tdi. Unda qatnashgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar olishdi.

 

Rahima MAMAJONOVA,

Angren ko‘mir sanoati kasb-hunar kolleji “Ijtimoiy fanlar”

kafedrasi o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Ayni paytda Samarqand viloyat bo‘yicha 200 mingdan ziyod yoshlar hasharda qatnashmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: