SOG‘LOM G‘OYa — SOG‘LOM MUHITDA ShAKLLANADI

Ma’naviyat har bir kishini ruhan poklaydi, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydi. Toshkent tibbiyot akademiyasida bo‘lib o‘tgan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar ko‘lami, mafkuraviy hayotning dolzarb mavzulari” nomli seminar-trening ham talaba yoshlarning ma’naviyatni yanada yuksaltirish borasida tashkil etildi.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yosh avlod qalbi va ongiga singdirish, ma’naviy dunyo­qarashimizga qarshi g‘oyaviy va axborot xurujlarining oldini olish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish kabi bir qator dolzarb vazifalar seminar-treningning asosiy mazmunini tashkil etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor O.Teshayev, 1-son ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri D.Norqulov, TTA qoshidagi akademik litsey va kollejlar bilan ishlash prorektori vazifasini bajaruvchi A.Shermuratovlar o‘z so‘zlarida, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va talabalar ma’naviyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarning oldini olish borasidagi bir qator vazifalar xususida to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasidagi ma’naviy-ma’rifiy va boshqa soha ob’yektlari bo‘ylab tashkil etilgan ekskursiya seminar-trening qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Iroda USMONOVA,

2-Respublika tibbiyot kolleji o‘quvchisi

Yana o‘qing:  “Mehnatni manga yor etti, mehnatqa meni”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: