JAMG`ARMA FAOLIYATIDAN (2013-7)
Toshkent shahar jamg‘armaning tayanch maskani 22-sonli harbiy shaharchada istiqomat qilayotgan jami 201 nafar voyaga yetmagan qizlar, maktab o‘quvchilari, kollej talabalarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, ularga nikoh yoshi va uning huquqiy asoslari haqida tushuntirishlar berildi.
Toshkent viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Chirchiq Olimpiya zahiralari kollejida viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, Xalq ta’limi boshqarmasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Mahalla” xayriya fondi bo‘limlari hamkorlikda 1995-1996 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha Toshkent viloyati birinchiligi o‘tkazildi. Musobaqa g‘oliblariga jamg‘armaning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Buxoro viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda 32-sonli “Mehribonlik” uyida, viloyatda istiqomat qiluvchi uyda ta’lim olayotgan nogiron bolalar o‘rtasida rasmlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov ishtirokchilariga jamg‘armaning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Sirdaryo viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Sirdaryo tumani 18-sonli umumta’lim maktabida jami 167 nafar o‘smir qiz va Pedagogika kollejida 186 nafar o‘smir qizlar o‘rtasida “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, ularga zarur tibbiy maslahatlar berildi.
Qashqadaryo viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Qarshi shahar “Paxtazor” shaharchasi, “Tarliqobod” va “Mehnatobod” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 6 ta kollej va 2 ta akademik litseyda ma’ruzalar o‘qildi va jami 267 nafar o‘smir qizlar o‘rtasida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Abbosjon Ergashev,
“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bosh mutaxassisi