Texnika doimiy nazoratni talab etadi

Yurtimizda kun sayin avtomashinalar sonining ortib borishi, transport va piyodalar harakati va ularning xavfsizligi borasida bir qator noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda.

Bunday paytda haydovchilardan alohida malaka, mashina boshqarishda yuqori mahorat va avtotransportlarning texnik sozligini mustaqil tarzda nazorat qila oladigan darajada yuqori bilim talab etiladi. Yo‘lovchining manziliga o‘z vaqtida eson-omon yetib olishida bu sifatlar muhim omil sanaladi. Bir so‘z bilan aytganda, texnika hamisha nazorat va tekshiruvni talab etadi.

Ba’zi hollarda mashina egalarining e’tiborsizligi tufayli avtoulovlar ko‘p vaqt nazoratsiz qoldiriladi. Ulovning haydash muddati biroz o‘tganligi, uning elektr simlari va boshqa qismlarining qizib ketishiga va o‘zaro qisqa tutashuvga sabab bo‘lishi mumkin.

Bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan ko‘plab tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Maqsad barcha haydovchilarni ogohlikka, o‘z transport vositalariga e’tiborli bo‘lishga chorlashdan iborat. Shunday ekan, barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishga o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim.

 

Bekzod YAKUBOV,

Shayxontohur tumani YOXB inspektori, kichik serjant

Yana o‘qing:  Xonadonlarimiz fayzi farishtalari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: