Jamg‘arma faoliyati (2012/35-36)
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi Tibbiy ijtimoiy-patronaj brigadasi Toshkent shahrining Yunusobod, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarida yashovchi keksa va nogironlar holidan manzilli xabar olib, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.
Toshkent viloyati. Jamg‘armaning Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan viloyatning Quyi Chirchiq, O‘rta Chirchiq tumanlari va Angren, shahridagi mahallalardagi aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ular bilan davra suhbatlari tashkil etildi. Shuningdek, keksalar, yolg‘iz va boquvchisini yo‘qotganlar holidan xabar olinib, kerakli dori-darmon va sanitariya-gigiyena vositalari topshirildi.
Buxoro viloyati. Jamg‘armaning Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan “Salomatlik” kuni munosabati bilan Buxoro shahar Somoniylar istirohat bog‘ida aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. SHu jumladan, 78 ta oilaga dori-darmonlar tarqatildi. Tibbiy ko‘rik davomida 234 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Sirdaryo viloyati. Jamg‘armaning mintaqaviy filiali Guliston shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorlikda “Mustahkam oila yili” munosabati bilan Guliston shahar “Navbahor” MFYda “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarga mavzuga oid tarqatmalar materiallar tarqatildi.
Xorazm viloyati. Jamg‘armaning mintaqaviy filiali, Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” YIH, Madaniyat va sport ishlari boshqarmalari hamkorlikda Yangiariq tumani Axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida “Otam, onam va men” sport musobaqalarining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Abbosjon Ergashev