Oilaviy aqlli robot

“NX Robo” kompaniyasi intellektual funksiyalarga ega “BIG-i” robotini taqdim etdi. Uskuna oilaning yana bir a’zosiga aylanishi mumkin.

Robot uy ichida kichik g‘ildiraklar yordamida yuradi. U oila a’zolarining ovozi va yuzini taniydi, ularni notanishlardan ajratadi, inson nutqini tushunadi. Shuningdek, yangi robot kundalik rejalarni eslatib turishi mumkin.

“BIG-i” 3D-ko‘rish, faol qabul qilish va intellektual dasturlash tizimlarii bilan jihozlangan. U har bir buyrug‘ni qisqa algoritmga aylantirib, shu asosda bajaradi. Masalan, unga “Hamma ketganidan so‘ng chiroqni o‘chir”, deyilsa, u xonani barcha tark etishini kutib turadi, so‘ng chiroqni o‘chiradi.

Robot o‘rganishga qodir – sekin-asta u funksiyalarini boyitib boradi va u chinakam oila a’zosiga aylanadi. Bundan tashqari, u “Yulduzli janglar”dagi mashhur “R2D2” robotiga o‘xshab ketishi bilan diqqatga sazovor. Unga qog‘ozdan libos kiydirish mumkin – bu robotning funksiyalariga ta’sir o‘tkazmaydi.

 

S. OCHILOV

Yana o‘qing:  Eng xavfli xastalik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: