Bokschilarimizdan 11 ta medal

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda to‘rttadan oltin va kumush, uch ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Musobaqada iqtidorli sportchilarimizdan Isroil Madrimov, Abdulxay Shorahmatov, xotin-qizlar o‘rtasida Tursunoy Rahimova hamda Maftuna Meliyeva o‘z vazn toifalarida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Finalga qadar bo‘lgan janglarda g‘alaba qozongan Nodir Mirzaahmedov, Abror Qodirov, Fazliddin Meliboyev, Shahnoza Nizomova esa kumush medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Elnur Abduraimov, Zuhriddin Mahkamov va Dilnoza Odiljonova uchinchi o‘rinni egalladi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Bilim va ma’rifat haftaligi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: