Adhamjon — jahon chempioni

Malayziyaning Penang shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida mamlakatimiz vakili Adhamjon Ergashev ikkita oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz vazni 62 kilogrammgacha bo‘lgan atletlar o‘rtasidagi dast ko‘tarish bahsida 125 kilogramm shtangani o‘ziga bo‘ysundirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Siltab ko‘tarishda 155 kilogramm natija bilan kumush medal sohibiga aylandi. Ikki kurash yakuniga ko‘ra 280 kilogramm natijani qayd etgan polvonimiz shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

Yana o‘qing:  Emlash: inson hayotini asrashda uning ahamiyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: