Istiqbolli loyihalar taraqqiyot tayanchi

O‘tgan 25 yil mobaynida mamlakatimiz taraqqiyotning puxta o‘ylangan “o‘zbek modeli”ni izchil ro‘yobga chiqarish orqali iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlarini ko‘rsatib, ildam rivojlanayotgan demokratik davlatga aylandi.

Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, davlatning bosh islohotchi ekani, hayotning barcha sohalarida qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish deb nomlanadigan beshta tamoyilga asoslangan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan “o‘zbek modeli” olib borilayotgan islohotlarning ishonchli poydevoriga aylandi.

Mustaqillik yillarida don, yoqilg‘i-energetika va transport-kommunikatsiya sohasida mustaqillikka erishishga, iqtisodiyotning barcha sohalarini modernizatsiya qilishga doir keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi kunda mamlakatimizda neft va gaz-kimyo sanoati, neft-gaz va temir yo‘l mashinasozligi, avtomobilsozlik, zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish, farmatsevtika, yuqori texnologik oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati kabi tarmoqlar yetakchilik qilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi korxonalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi institutlari va oliy o‘quv yurtlari bilan yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ko‘plab loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Mamlakatimizdagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqarishga tatbiq etilayotgan innovatsion loyihalar tufayli neft va kimyo sohasida ham ko‘plab yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishiga erishilayotir. Mahsulotlar sifati yanada yaxshilanib, jahon bozoridan mustahkam o‘rin egallamoqda.

Bugungi kunda dunyo hamjamiyati tomonidan yurtimizdagi Buxoro neftni qayta ishlash hamda Muborak gazni qayta ishlash zavodlari eng yirik ishlab chiqarish sub’yektlari, deb e’tirof etilayotgan bo‘lsa, Ustyurt kengliklarida amalga oshirilayotgan ishlar esa innovatsion loyihalar sifatida tan olinayapti.

Ta’kidlash joiz, yurtimizda uglevodorod xom ashyosini chuqur qayta ishlashga qaratilgan ishlarni bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarish uchun yetarlicha huquqiy asos yaratilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi “2015–2019 yillar uchun ishlab chiqarishning tuzilmaviy qayta tuzilishi, zamonaviylashishi va diversifikatsiyasini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, soha ravnaqiga xizmat qiluvchi bir qator loyihalar hayotga tatbiq etilishi mo‘ljallanmoqda.

Xulosa o‘rnida mamlakatimizda neft va gaz sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning bari xalq manfaatiga xizmat qilayotir. Zero, sohadagi xayrli ishlar, ijobiy natijalar bunga yaqqol misoldir.

 

O‘. TULAYEV,

“O‘zdavneftgazinspeksiya”si

Toshkent shahar hududiy bo‘limi bosh texnologi

Yana o‘qing:  San’atkor odobi yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilishi kerak

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: