JAMG`ARMA FAOLIYATIDAN (2013-6)

Farg‘ona viloyatida

jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan viloyat Kasaba uyushmasi, viloyat hokimligi, Xalq ta’limi Bosh­qarmasi xodimlari hamda imkoniyati cheklangan bolalar maxsus ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari rahbarlari ishtirokida jamg‘armaning 20 yillik bayramiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, viloyatdagi Ko‘zi ojizlar maxsus maktab-internatida ham tarbiyalanuvchi bolalar va tarbiyachilar uchun jamg‘arma faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Jizzax viloyatida

jamg‘armaning mintaqaviy filiali, tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda Zarbdor tumani Iqtisodiyot kasb-hunar kollejida 150 nafar o‘quvchilar ishtirokida “Odam savdosiga qarshi kurash” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Andijon viloyatida

jamg‘armaning mintaqaviy filiali Izboskan tumani “Yakkatut” qishloq vrachlik punk­tida va 1-sonli o‘rta maktabda o‘smir qizlar va o‘quvchilar ishtirokida “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh nima uchun xavfli?” “Erta turmushning salbiy oqibatlari” va “Balog‘at davri” mavzularida davra suhbatlarini o‘tkazdi.

Qoraqalpog‘iston

Respublikasida

jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Qonliko‘l tumani “Besko‘pir” ovul fuqarolar yig‘inida jami 394 nafar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, ularga xayriya yordami sifatida dori-darmonlar berildi.

Surxondaryo viloyatida jam­g‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan tibbiy ijtimoiy patronaj brigadasi Termiz shahar “Surxon sohili” mahallasida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, o‘smir qizlarga kerakli ma’lumotlar berildi.

Abbosjon Ergashev

“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik garovi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: