Emlash: inson hayotini asrashda uning ahamiyati
Bola dunyoga kelar ekan, u odatda bir qancha kasalliklarga nisbatan tug‘ma immunitetga ega bo‘ladi.
Bu kelajakda yangi tug‘ilayotgan chaqaloqlarga onalaridan yo‘ldosh orqali o‘tuvchi antitanachalarning kasalliklar bilan kurashishiga xizmat qiladi. Natijada emizikli bola ko‘krak sutidan doimo qo‘shimcha antitanachalar qabul qiladi. Bu kabi immunitet faqatgina vaqtinchalik ta’sirga ega bo‘ladi. Shuning uchun vaksinatsiya, ya’ni emlash bolalarni yuqumli kasalliklardan himoya qiluvchi eng kuchli va maqbul vosita hisoblanadi. Vaksinatsiya bir qancha xavfli kasalliklarning oldini olib, oxirgi ikki yuz yil davomida millionlab insonlar hayotini saqlashga imkon yaratdi. Barcha hududlarda amalga oshirilayotgan aholini emlash suvchechakni global darajada yo‘qotilishiga, poliomiyelit(shol)ni cheklashga hamda boshqariluvchi boshqa kasalliklarning ham tarqalishini yetarli darajada kamayishiga olib keldi.
“Vaksina – bu immunitet hamda ko‘zg‘atuvchiga nisbatan turg‘unlik rivojlanishini ta’minlovchi preparat” deb 1988 yilda olimlarimiz tomonidan aytilgan edi. Vaksinatsiya bolalarni yuqumli kasalliklardan himoya qiluvchi eng yaxshi vosita hisoblanadi. Har kunlik amaliyot davomida ishlatilayotgan vaksinalar kasallik ko‘zg‘atuvchilarining o‘ldirilgan yoki kuchsizlantirilgan, hamda ulardan ajratib olingan alohida fragmentlardan tashkil topgan preparatlardir. Yuqori samara, ijroning soddaligi, emlanuvchi shaxslar qamrovini kengaytirish imkoniyatining mavjudligi va ommaviy ogohlantirishda immunoprofilaktikaning faol o‘tkazilishi juda yuqori samara bermoqda. Ko‘pgina mamlakatlar uchun ham emlash juda qulay bo‘lgani uchun ushbu jarayon davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Oxirgi 40 yilda fuqarolarni profilaktik emlash – qizamiq, difteriya(bo‘g‘ma), ko‘kyo‘tal, poliomiyelit (shol), epidemik parotit(“tepki”), “V” virusli gepatit, qizilcha, sil, gripp va qoqshol kabi yuqumli kasalliklar bilan kurashishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Emlashdan keyingi asoratlarning rivojlanish vaqtlari
Asoratlar |
Vaksinatsiyadan keyingi asoratlarning rivojlanish vaqtlari |
|
AKDS, ADS |
JKV, BSJ, OPV |
|
Anafilaktik shok, anafilaktik reaksiya, kollaps(yurakning to‘xtab qolishi) |
24 soat |
24 soat |
Ensefalit(bosh miyaning yallig‘lanishi), ensefalopatiya |
7 kun |
15 kun |
Ensefalitik reaksiyalar; – febril titroqlar(harorat ko‘tarilishi sababli)ning kuzatilishi); – afebril(harorat yo‘qligidagi) titroqlar; – to‘xtovsiz baqirish; – seroz meningit. |
3 kun 15 kun 4 kun |
15 kun 15 kun 30 kun
|
Vaksinoassotsiatsiyalashgan poliomiyelit(shol); – emlanganlarda; – emlanganlar bilan muloqotda bo‘lganlarda; – immuniteti past bemorlarda. |
|
30 kun turli vaqt 6 oy
|
Limfaadenit (limfa bezlarining yallig‘lanib shishishi), BSJni emlashdan keyingi kelloidli chandiq. |
|
1 yil mobaynida |
Tarqalgan toshma, Kvinke shishi, polimorf ekssudativ eritema(tanadagi ko‘pgina toshmalar) va boshqa allergik reaksiyalarning og‘ir turlari. |
10 kun |
10 kun |
To‘satdan o‘limning kuzatilishi va immunizatsiya vaqti bilan mos kelgan boshqa o‘lim holatlari |
30 kun |
30 kun |
Immunoprofilaktika uchun qo‘llaniladigan vaksinalarning tavsifnomasi
Vaksinalar turi |
Vaksinalar nomi, miqdori va ularni yuborish yo‘llari |
Saqlash sharoitlari |
|
Tirik vaksinalar |
OPV-poliomiyelitga qarshi (1 miqdori og‘izga 2 tomchidan), qizamiq (1 miqdori 0,5ml teri orasiga (t/o), epidparotit(“tepki”) (0,5ml t/o), BSJ (0,05 mg yoki 0,1ml t/o) |
Barcha vaksinalarni muzlatish mumkin. Lekin ushbu emlash vositasini muzlatish mumkin emas. |
|
Inaktivatsiyalangan |
O‘ldirilgan |
Ko‘kyo‘tal (AKDS tarkibiga kiradi) |
Muzlatish mumkin emas. 4 S dan 8 S gacha haroratda saqlash kerak. |
Anatoksinlar |
AKDS, ADS, ADS-M, ADM (0,5ml mushak orasiga), qoqshol (0,5 va 1,0ml) |
Muzlatish mumkin emas. 4 S dan 8 gacha haroratda saqlash kerak. |
|
Rekombinantlar |
V gepatitga qarshi (1 miqdori 0,5ml m/o) |
Muzlatish mumkin emas. 4 S dan 8 gacha haroratda saqlash kerak. |
Ushbu holatlarda emlash mumkin emas
Vaksina turlari |
Qarshi ko‘rsatmalar |
Barcha vaksinalar |
– Kuchli allergik reaksiya yoki oldingi dozaga asorat berganda; – infeksion kasalliklar va ichki xastaliklarni o‘tkir kechish davrida (bemor sog‘aygandan so‘ng 3-14 kundan so‘ng emlanadi). |
Barcha tirik vaksinalar |
– Immunodefitsit holati (birlamchi, immunosupressiya); – yomon sifatli o‘smalar; – homiladorlik. |
BSJ(silga qarshi emlash) |
– Chaqaloqning oy-kuni yetmasdan tug‘ilishi (Uning vazni 1800g. dan kam bo‘lishi); – oldingi dozadan keyingi teridagi kelloid chandiq qolishi; – tug‘ruq paytidagi og‘ir bosh miya jarohati; – umurtqa pog‘onasi ichidagi orqa miyaning 3-darajali likvor suyuqligi harakatining buzilishi. |
VGV-1, VGV-2 (3)(V virusli gepatitga qarshi emlash) |
– Chaqaloqning vazni 1800g. dan kam bo‘lishi; – tug‘ruq jarayonida olingan og‘ir bosh miya jarohati. |
OPV |
-dorili immunosupressiya; – yomon sifatli hosilalar. |
AKDS |
– Asab tizimining rivojlanib boruvchi kasalliklari; – anamnezi(kasallik tarixi)da afebril titrashlar bo‘lganda (AKDS o‘rniga ADS yuboriladi). |
AKDS, ADS-M, AD-M |
– Mutloq qarshi ko‘rsatmalar yo‘q. |
Ko‘kyo‘tal va epid parotit (“tepki”)ga qarshi vaksinalar |
– Aminoglikozidlarga og‘ir reaksiyaning mavjudligi; – tuxum oqsiliga anafilaktik reaksiyasi bor bemorlar. |
Qarshi ko‘rsatma bo‘la olmaydi
Holati |
Anamnezidagi ko‘rsatmalar |
– Perinatal ensefalopatiya; – barqaror nevrologik holat; – bolalar serebral falaji(DSP), Daun kasalligi va shu kabilar; – allergiya, astma(ziqqinafas), ekzema(temiratki); – yurak, o‘pka, buyrak, jigarning surunkali kasalliklari; – anemiya (kamqonlik); – disbakterioz (ichaklardagi mikrofloraning buzilishi); – qalqonsimon bezning rentgendagi soyasining oshishi; – tug‘ma nuqsonlar; – steroidlar, gormonlar bilan ushlab turiluvchi (terapiya) davolash usuli.
|
– Chaqaloqlardagi sariqlik; – go‘dakning oy-kuni yetmasdan tug‘ilishi; – chaqaloqlarning gemolitik kasalligi; – sepsis(qonning zaharlanishi); – oiladagi emlashdan keyingi asoratlar; – oiladagi epilepsiya(tutqanoq)lar; – allergiya, nasliy tutqanoqlar; – oiladagi to‘satdan o‘lim holatlari; – hujjatda qayd etilmagan ko‘kyo‘tal, qizamik, parotitni boshdan o‘tkazish.
|
Vaksinatsiya o‘tkazilish sharoitlari:
1–Immunoprofilaktika bo‘limi (allergolog-immunolog kuzatuvi ostida).
2–Immunolog-allergolog xonasi.
3–Hudud pediatrlari nazorati ostida, postvaksinal davrda nevrologik status korreksiyasi uchun hamda preparatni nevropatolog bilan kelishgan holda tanlash kerak.
Boshqa dori-darmonlardek vaksinaning ham o‘ziga xos qo‘shimcha ta’sirlari mavjud. Ammo emlanmagan bola yuqumli kasalliklarni yuqtirgandan ko‘ra, emlanish asoratidan jabr ko‘rgan bolaning holati xavfsizroq hisoblanadi.
Dilfuza TURDIYEVA,
ToshVMOI “Neonatologiya” kafedrasi dotsenti
Davomi keyingi sonda.