Televizor bolaning ijodiy salohiyatini pasaytiradi
Buyuk Britaniyaning bir guruh tadqiqotchilari “Televizorning bolalar ongiga ta’siri” mavzuida tadqiqot o‘tkazishdi.
Natijalarga ko‘ra, televizorni uzoq vaqt tomosha qilish, nafaqat bolaning ko‘rish a’zolari, balki ularning ijodiy faoliyatiga ham zarar yetkazishi ma’lum bo‘ldi.
Tadqiqot uchun olimlar bir guruh bolalarni jalb qilishdi. Unga ko‘ra kichkintoylar kun davomida 15 daqiqa televizor tomosha qilishdi. Tajriba jarayonida kuzatuvchilar bolaning sevimli ko‘rsatuvi yoki multfilmidan oldingi va tomosha jarayonidan keyingi holatlarni qayd etib borishdi. Yakuniy xulosalarga ko‘ra, televizor tomosha qilayotgan bolakayning ijodiy faoliyati sezilarli darajada pasaygani aniqlandi.
Olimlarning ta’kidlashicha, me’yoridan ortiq bolaning televizor tomosha qilishi, kelajakda ijodiy va aqliy salohiyati bilan bog‘liq tiklab bo‘lmas jiddiy muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Buning oldini olish uchun ota-onalar o‘z farzandlariga kitob o‘qib berishi, ular bilan dunyoqarashini rivojlantiruvchi o‘yinlarni o‘ynashi lozim.
Xurshida HUSENOVA