Angrenlik polvonlar munosib natijalarga erishmoqda

Sport – inson organizmining tetik va sog‘lom bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda buning samarasini yaqqol ko‘rish mumkin.

Angren shahar XTMFMTTE bo‘limi tasarrufidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi ham yosh o‘g‘il-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish borasida bir qator ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Hozirgi kunda ushbu maskanda 1837 nafar o‘quvchi sportning basketbol, voleybol, futbol, stol tennisi, boks, dzyudo, yunon-rum, milliy kurash, taekvando ITF va VTF, muaytay, shaxmat va badiiy gimnastika turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.

– 2016 yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida respublika miqyosida o‘tkazilgan chempionatlarda 84 nafar yosh sportchimiz 38 ta oltin, 26 ta kumush, 20 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi, – deydi muassasa direktori O‘tkirbek Abdullayev. – Bundan tashqari shu yili maktabning 5 nafar bitiruvchilari Chirchiq va Andijon Olimpiya zaxiralari sport kollejiga o‘qishga qabul kilindi. O‘quvchilarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish maqsadida yil davomida turli sport musobaqalari o‘tkazib kelmoqdamiz.

Yuksak marralarni zabt etayotgan ko‘plab O‘zbekiston yoshlari o‘z azmu shijoati bilan minglab tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotir. Ular erishgan yutuqlar esa barchamizning qalbimizni cheksiz quvonchga to‘ldirmoqda.

 

Charos XUSHVAQTOVA

Yana o‘qing:  Sportchi uchun eng muhimi ishonch

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: