Halollikning yo‘li nurafshon

Jarangdor yig‘isi yorug‘ dunyoni to‘ldirib chaqaloq dunyoga keldi. Go‘dakning yoqimli isiga sarmast bo‘lgan onaning qalbini anglab bo‘lmas his-tuyg‘ular chulg‘aydi.

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tuman tug‘ruq kompleksida har kuni ana shunday quvonchli lahzalarga guvoh bo‘lish mumkin. Tajribali, fidoyi shifokorlar ona va bola salomatligi yo‘lida hamisha kamarbasta. Shogirdlarining muvaffaqiyatidan esa tajribali ustoz – shifokorlar faqatgina quvonishadi.

Uzoq yillar shu muassasada faoliyat yuritgan, hozirda keksalik gashtini surayotgan Sayyora Mo‘minova tajribali, ko‘pni ko‘rgan shifokorlardan. Sayyora opa tug‘ruq kompleksining “Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar” bo‘limida ko‘p yillar bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Endigina dunyoga kelgan go‘daklarni hayotga moslashishida ushbu bo‘limning o‘rni beqiyos. Tug‘ruq jarayonida sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan turli vaziyatlarda oqilona ish ko‘rish, albatta shifokorning bilim va tajribasiga bog‘liq.

Opa ilk ish boshlagan kezlarini ko‘p eslaydi. Bir kunbo‘limga yangi tug‘ilgan chaqaloq og‘ir ahvolda keltirildi. Yosh shifokor unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatdi, oradan ko‘p vaqt o‘tmay, xonaga bir ayol kirib keldi.

– Farzandimning ahvoli qanday? Iltimos, unga yaxshilab qarang…

Sayyora opa tushundiki, u biroz avval keltirilgan go‘dakning onasi. Shifokor ayoldagi xavotirni biroz aritib, xonasiga jo‘natdi. Onani ortga qaytarib yubordi-yu, uning nigohlaridagi hadik va xavotir butun umr xotirasida muhrlandi. Shunda shifokorlik kasbining yuksak mas’uliyatini ich-ichidan his etganday bo‘ldi. Bu his-tuyg‘ular kuchi bilan o‘z kasbiga yanada mehri va e’tibori ortdi.

– Farzand – oila gultoji. Unin tug‘ilishi xonadonga fayzu iqbol olib kelsa, sog‘lom va durkun bo‘lib ulg‘ayishi esa ota-onani ulkan orzular sari yetaklaydi, – deydi Sayyora opa Mo‘minova. – Bolaning sog‘lom va barvasta bo‘lib kamol topishi uchun eng avvalo, ona homiladorlikka ham ruhan, ham jismonan tayyor bo‘lmog‘i lozim. Bolada kechadigan surunkali xastaliklar ham aynan ayolning homiladorlik davriga bevosita bog‘liq.

O‘z sohasiga fidoyi bu ayol kasbidan kamol topdi. Turmush o‘rtog‘i Kamoliddin aka Anizaratov bilan umrning tutash kechishiga ham shu soha sabab bo‘ldi. Ikki shifokor bu borada hamsuhbat, hammaslak faoliyat yuritdi, ortlaridan bir qancha shogirdlarni ergashtirishdi. Hali-hanuz yosh mutaxassislar ustoz-shifokorlardan maslahat olish maqsadida tez-tez qo‘ng‘iroq qilib turishadi, xonadonlariga tashrif buyurishadi.

Yana o‘qing:  Liboslar ko`rki

Sayyora opa va Kamoliddin aka uch farzandni oq yuvib, oq taradi. Ularni el koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyaladi. Hozirda faxriy shifokorlar nevara-yu evaralar qurshovida keksalik gashtini surishmoqda.

 

MEHRIBON

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: