Istiqlol g‘unchalari

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlodni san’atga jalb etish orqali ularda Vatanga muhabbat, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘ularini yanada rivojlantirish, madaniyat muassasalaridagi badiiy jamoalar tarkibida ijod qilayotgan o‘quvchi-yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Loyihada korxona va tashkilotlar tasarrufidagi madaniyat saroylari, joylardagi madaniyat va aholi dam olish markazlarida faoliyat yurituvchi bolalar badiiy jamoalari ishtirok etmoqda. 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar yakka va badiiy jamoa tarkibida an’anaviy ijrochilik, estrada, cholg‘u ijrochiligi, raqs yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etmoqda. Tanlovning tuman bosqichlarida qariyb yetti ming o‘g‘il-qiz qamrab olinib, ularning 1 ming 560 nafari viloyat bosqichida qatnashish imkonini qo‘lga kiritdi.

Tanlovning yakuniy bosqichi oktyabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadi.

 

O‘Z MUXBIRIMIZ

Yana o‘qing:  Ozon qatlami – ona tabiat soyaboni

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: