Paralimpiyachilarimizning zafarli odimlari

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan XV Paralimpiya o‘yin­larida o‘zbekistonlik sportchilar g‘alabali odimlashda davom etmoqda.

Dunyoning 160 dan ziyod davlatidan to‘rt mingdan ortiq sportchi ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada atletlarimiz dzyudo, suzish, yengil atletika, o‘q otish va pauerlifting bo‘­yicha Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.

Jumladan, Dmitriy Xorlin 400 metrga erkin usulda suzishda 4 daqiqa 06.63 soniya qayd etib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga yana bitta bronza medalni Ahror Bozorov taqdim etdi. Pauerlifting bo‘yicha vazni 80 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bellashuvida qatnashgan vakilimiz 207 kilogramm natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, yengil atletikaning 4×100 metrga estafeta bahslarida Miran Saxatov, Mansur Abdurashidov, Doniyor Soliyev, Jaloliddin Hamroqulov va Faxriddin Hamroyevdan iborat jamoamiz o‘zlariga bildirilgan ishonchni to‘la oqlab, yakunda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ayni paytda O‘zbekiston sport delegatsiyasi 6 ta oltin, 4 ta kumush va 14 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida 11-o‘rinda bormoqda.

Yana o‘qing:  Terma jamoamiz durang o‘ynadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: