Musiqa va san’at maktablari – iste’dodli yoshlarning oydin yo‘li

Qulay shart-sharoit, yaratib berilgan keng imkoniyatlar barcha sohada yuksak yutuqlarga zamin hozirlaydi. Jumladan, yurtimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor zamirida ham tafakkuri keng, fik­ri teran, iste’dodi bilan barchani hayratga soladigan barkamol yoshlarni kamol toptirishdek ezgu maqsad mujassam.

Buning uchun mamlakatimizda ko‘p­lab musiqa va san’at maktablari, yoshlar markazlari bunyod etilib, yoshlar ixtiyoriga topshirilmoqda.

Farzandlarimizni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazishda jismoniy tarbiya va sport bilan bir qatorda musiqiy tarbiya ham beqiyos o‘ringa ega. Chunki, sport insonning irodasini tarbiyalab, sog‘lig‘ini mus­tahkamlashga hissa qo‘shsa, musiqa uning ruhiga ozuqa beradi.

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mus­tahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi” to‘g‘risidagi qarori asosida bunyod etilgan. Markaz zamonaviy musiqa cholg‘ulari, mebel va uskunalar bilan to‘liq jihozlangan. Bugungi kunda maktabda 11 ta yo‘nalishda 350 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularga 48 nafar malakali ustozlar musiqa va san’at sirlarini o‘rgatib kelmoqdalar. Yaratilgan sharoitlarga javoban maktab o‘quvchilari bir qator respublika va xalqaro tanlovlarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishmoqda.

– 2015 yil Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazilgan Aleksandr Skryabin nomidagi XV xalqaro fortepianochilar tanlovida iqtidorli o‘quvchimiz Anna Lyan 1-, Maksim Xabarov 2-, ansambl ijrochiligi bo‘yicha esa ular birgalikda faxrli 2-o‘rinni egalladilar. Shuningdek, Radmilla Ibragimova va Anna Lyanlar Litvaning Kaunas shahrida bo‘lib o‘tgan yosh pianinochilar xalqaro tanlovida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Qolaversa, Emiliya Rasulova, Sevara Agzamova, Asilbek Avazov, Jahongir Boyqobilov, Ominabonu Shukurillayeva, Aleksandra Yepifanova, Sevarxon Agzamova, Asal Qayumova, Sarvinoz Bositova hamda Kamila Sagatova kabi iste’dodli o‘quvchilarimiz Italiya, Xitoy, Ispaniya, Ozarbayjon kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan xalqaro musiqa festivallarida faxrli o‘rinlarni egallashdi, – deydi maktab direktori Baxtiyor Qurbanov.

San’at va madaniyat xalqning ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradigan, uning tarixi, milliy urf-odat va an’analarini o‘zida aks ettiradigan vositadir. Jajji avlodni san’atga oshufta ruhda kamol toptirish esa kelgusida mamlakatimiz taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shadi.

 

Yana o‘qing:  Axborot texnologiyalari – taraqqiyot omili

Charos XUSHVAQTOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: