Ulug‘ va muhtasham dargoh

Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug‘” degan naql bor. Buning zamirida kelajak vorislarini komil inson darajasida tarbiyalashdek ulug‘ ishga o‘zini safarbar qilgan, qalbi pok, bor bilimi va tajribasini shogirdlaridan darig‘ tutmaydigan, vazifasi mas’uliyatli, ammo sharafli bo‘lgan o‘qituvchining zahmatli mehnati yotibdi.

Bog‘bon bog‘ida unib-o‘sayotgan nihollarini ko‘rganida, ko‘zi quvnab, dili yayraydi. Shu singari biz ustozlar ham tumanimizdagi 58 ta umumta’lim maktabi, 4 ta maktabdan tashqari va 22 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan 13 450 nafar o‘g‘il-qizning yurtimizda yaratilgan cheksiz imkoniyat hamda qulayliklardan oqilona foydalanib, o‘z iqtidorlarini namoyish qilayotganlaridan cheksiz quvonamiz.

Birgina 2015–2016 o‘quv yilida tumandagi 36-umumta’lim maktabida yettita, 16-umumta’lim maktabida beshta, 10-umumta’lim maktabida uchta fandan o‘quvchilarimiz viloyatda o‘tkazilgan Bilimlar bellashuvida faxrli o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘lishdi. Iqtidorli yoshlardan O‘g‘iloy Norbo‘tayeva, Sohiba Yetmitova, Bahriddin Raimqulov, Azim Hamidovlar Bilimlar bellashuvining respublika bosqichida ham viloyatimiz sharafini munosib himoya qildilar.

E’tiborlisi, ilg‘or fan o‘qituvchilarining ish faoliyatini ommalashtirish maqsadida tumanimiz o‘quv dargohlarida “Ustoz-shogird maktabi”, “Dars muqaddasdir” kabi tadbirlar joriy etildi. Shuningdek, chet tillarini bosqichma-bosqich o‘qitish bo‘yicha ham qator yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdamiz.

Binolarning eng ulug‘i ham, muhtashami ham maktabdir. Shunday ekan, nafaqat uni qurish, balki asrab-avaylash savobli ishdir. Mustaqillik yillarida umummilliy dasturga asosan tumanimizdagi 10 ta maktab qayta bunyod etildi, 41 tasi ta’mirlandi. “Bolalar musiqa va san’at” maktabi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. “Barkamol avlod” bolalar markazi binosida kapital rekonstruksiya qilish ishlari nihoyasiga yetkazildi.

Bu ezgu ishlarning bari farzandlarimizning ta’lim olishi, o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun qilinayotgan ekan, yoshlarimiz ham bunga munosib bo‘lib, yurt rivoji yo‘lida o‘qib-izlanishi, ilm olishi darkor.

Durbek NOSIROV,

Jizzax tuman XTMFMTTE bo‘limi mudiri

Yana o‘qing:  O‘zbekistonda migratsiya ta’siridan bolalarni asrash bo‘yicha loyiha ishga tushirildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: