Qo‘lingiz dard ko‘rmasin, aziz shifokorlar!

Inson betob bo‘lib, boshi yostiqqa tekkandagina salomatlikning qadriga yetarkan. Ana shunday kezlarda yaqinlarimizning “To‘rt muchang sog‘ bo‘lsin” deya qilgan duolari mag‘zini chaqqanday bo‘larkansan, kishi.

Yaqinda shifokorlar menda saraton xastaligi rivojlanayotganini aniqlashdi. Bu yomon xabarni eshitib, dunyo ko‘zimga qorong‘u bo‘lib ketdi. Juda tushkun ahvolga tushib qoldim. Biroq, yaqinlarim hamda shifokorlarning daldasi meni yana hayotga qaytardi. Ayniqsa, bunda Toshkent shahar onkologiya shifoxonasi shifokorlarining sa’y-harakatlari katta bo‘ldi. Ularning shirin so‘zi, muolajalari sabab, qisqa vaqt ichida oyoqqa turdim.

Buning uchun tibbiyot muassasasi bosh shifokori, professor G‘ofur Oxunov, shifokor Sanjar Atabekov, kimyoterapiya bo‘limi shifokori Surayyo Sa’dullayeva, hamshira Nargiza Nazarovalarga o‘z minnatdorligimni izhor etaman.

Qo‘lingiz dard ko‘rmasin, aziz shifokorlar!

Umida QORABOYEVA

Yana o‘qing:  FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI ASOSI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: