Biz 25 yoshdamiz

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 1-Bolalar va o‘smirlar sport maktabida “Biz 25 yoshdamiz” deb nomlangan sport festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sportning badiiy gimnastika, voleybol, kurash, taekvondo, futbol kabi turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan o‘g‘il-qizlar o‘zlarining ko‘rgazmali chiqishlari bilan barchaga zavq ulashdi.

– Qizim Farzona olti yoshda. Mana ikki yildirki, ushbu sport maktabining gimnastika to‘garagiga qatnashadi. Ustozi Ilyos Xayitmetov farzandlarimizga mazkur sport turining sir-asrorlarini mehr bilan o‘rgatib kelmoqda. Qizim gimnastika bilan shug‘ullana boshlagach, uning salomatligi yanada yaxshilandi. Ona sifatida bundan benihoya mamnunman, – deydi Madina Musayeva.

Tadbir so‘nggida faol o‘g‘il-qizlarga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Yana o‘qing:  BMT binosida Registon maydonining maketi o‘rnatildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: