Tinchlik va osoyishtalik – barcha huquqlarimiz asosi

O‘z erkiga, aniq maqsadiga ega davlatda inson huquqlari kafolati, qonun ustuvorligi asosiy o‘rinda turadi. Aksincha, tinchlik va osoyishtalik bo‘lmagan xududda fuqarolarning barcha huquq va erkinliklari toptaladi, shaxs erki, qadr-qimmati hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmaydi.

Qonun ustuvor bo‘lgan mamlakatda erkinlik ham bo‘ladi. Ming shukurki, Vatanimiz osmoni musaffo, sarhadlarimiz tinch, har tong xotirjam uyg‘onamiz. Oilamiz, yoru birodarlarimiz tanujoni sog‘ligidan ko‘nglimiz to‘q. Albatta, bizga qo‘shni ayrim davlatlarda harbiy-siyosiy mojarolar davom etayotgan bir sharoitda davlatimiz osoyishtaligini ta’minlashning o‘zi bo‘lgani yo‘q. O‘zbekiston mustaqil suveren davlat maqomiga ega bo‘lgach, demokratik qadriyatlarni, shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlash, erkin bozor iqtisodiyotini barpo etishni o‘zi uchun eng ustuvor vazifa sifatida tanladi.

1992 yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida ulkan siyosiy voqea, demokratik jamiyat barpo etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. O‘zining Asosiy qonunida davlat tuzumi prinsiplarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyatni rivojlantirishning iqtisodiy negizlari va strategik yo‘nalishlarini mustahkamlab qo‘ymagan davlat chinakam mustaqil bo‘la olmaydi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, konstitutsiya davlatimizning qonunchilik-huquqiy negizini shakllantirishning asosiy poydevori tinchlik va osoyishtalikni ta’minlaydigan tamal toshi bo‘ldi.

Har bir inson, aslida farovon va emin-erkin yashashi uchun tug‘iladi. Ammo, bunga erishish hammaga va hamma vaqt ham nasib etavermaydi. Shunday ekan, tinchlik va osoyishtalik deb atalmish bebaho ne’matni asrash har bir yurtdoshimizning burchi hisoblanadi. Buning uchun uyg‘oq qalb, zukko aql bilan mehnat qilishimiz, farzandlarimizga to‘g‘ri tarbiya bermog‘imiz zarur. Zero, tinchlikning barqaror bo‘lishi ertamiz egalari bo‘lmish yoshlarning maqsad, orzu-niyatlariga chambarchas bog‘liq.

Odil MUSAYEV,

Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi 7-sonli davlat notarial idorasi notariusi

Yana o‘qing:  Sportchilarimiz shohsupada

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: