Salomatlik kaliti

Olimlar tajriba o‘tkazib, agar me’da to‘la bo‘lmasa, odam chuqur, bemalol nafas olishi mumkinligini aniqladi. Qisqa, me’yorida olinmagan nafas sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Butun tanadagi qon karbonad angidrid gazidan tozalanish uchun o‘pkaga keladi. Agar yetarlicha chuqur nafas olinmasa, o‘pkaga zarur miqdordagi kislorod yetib bormaydi. Natijada jarayon o‘z-o‘zidan sekinlashadi, qon kislorod bilan yaxshi to‘yinmaydi. Bu oxir-oqibat salomatlikka jiddiy zarar yetkazadi.

Bir daqiqada o‘rtacha 16 marta nafas olib chiqaramiz. Har nafas olganimizda tanaga yarim litr havo kiradi. Bir kecha-kunduzda odam 23 ming 240 marta tin olib-chiqarib, 11 ming 620 litr havo yutadi.

Chuqur nafas olingandagina tanaga yetarli havo kirib boradi. Agar me’da haddan ziyod to‘la bo‘lsa, chuqur nafas olishning iloji bo‘lmaydi. Oqibatda kislorod yetishmasligi yuzaga kelib, moddalar almashinuvi va qon tozalanishi buziladi. Bu esa kishida og‘ir kayfiyat uyg‘otadi, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Har narsada, jumladan, ovqatlanishda ham me’yorni bilish kerak. Oldingizda mo‘l-ko‘l dasturxon turgan yoki ziyofatda o‘tirgan bo‘lsangiz ham, me’yoridan ortiq yeb-ichmang. Och qolmasdan ovqatlanmang. Chunki, to‘yganini bilmaydigan nafs kishini turli azoblarga yo‘liqtiradi.

Nafsni tiyish degani och-nahor yurib, me’daga dard orttirish yoki jonni qiynash degani emas. Faqat me’yorni, chegarani bilish zarur. “Agar dasturxondan turganingda ochlik hissidan tamoman qutulgan bo‘lsang, o‘zingni zaharlabsan”, deydi donolar.

 

Orifjon MADVALIYEV

tayyorladi.

Yana o‘qing:  Oftob urishi hayot uchun xavfli

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: