Aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Yuqori Chirchiq tumanidagi “Bardonko‘l” va “Do‘stlik” qishloq fuqarolar yig‘inlari aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda fondning Toshkent viloyati hududiy filiali ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi hamda tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatdi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, joriy yilning o‘tgan davrida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Toshkent viloyati hududiy filiali ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi tomonidan 133 mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining ijtimoiy sharoiti o‘rganildi. Qolaversa, brigada shifokorlari 38 qishloq vrachlik punkti va 2 ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada bo‘lib, 8 ming 500 ga yaqin aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Bag‘ri bahor oromgohlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: