Salomatlik yo‘lida
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi yuragida tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bir guruh o‘zbekistonlik bolalarning Janubiy Koreyadagi yetakchi klinikalarda davolanishini tashkil etdi.
Fond o‘z faoliyati davomida yurtimiz farzandlarini mamlakatimiz va xorijdagi eng yaxshi klinikalarda sog‘lomlashtirishga doir turli loyihalarni muntazam amalga oshirib kelmoqda. Masalan, “Junior Chamber International – JCI” xalqaro yoshlar tashkiloti bilan hamkorlik samarasida 2008–2015 yillarda Janubiy Koreya mutaxassislari Cha universiteti qoshidagi “Pundan Cha” gospitalida yurtimizdan 56 nafar bolani operatsiya qildi.
Yaqinda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida yuragida tug‘ma nuqsoni bo‘lgan 25 nafar bola chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularning 4 nafari Koreya Respublikasiga davolanish uchun yuborildi.
N. BERDIQOBILOV