Maktab yarmarkalari: arzon mahsulot, yuqori sifat, xarid uchun qulay sharoit

Yoz mavsumi oxirlab, yangi o‘quv yilining boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Albatta bunday paytda ko‘pgina ota-onalar farzandlariga zarur o‘quv qurollarini harid qilish kabi shirin tashvishlar bilan ovora bo‘ladi. Tabiiyki, ular mahsulot tanlashda uning tashqi ko‘rinishi, qulayligi, ayniqsa, sifati va narxining hamyonbop ekaniga alohida e’tibor qaratadi.

Xozirda respublikamizning barcha hududlarida yurtdoshlarimizga qulaylik yaratish maqsadida maktab bozorlari hamda yarmarkalari tashkil etilgan. Mavsumga tayyorgarlik ko‘rish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat hokimliklari va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi. 10 avgustdan 10 sentyabrgacha davom etishi rejalashtirilgan bu yilgi maktab yarmarkalarini tashkil etishda birinchi navbatda ota-onalar, o‘qituvchilar, o‘quvchilarning fikrlari e’tiborga olinib, ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda barcha zaruriy o‘quv qurollari joylarga yetkazib berildi.

Hozirda respublikaning 1000 ga yaqin maktablarida bir necha ta’lim maskanlarini qamrab olgan maktab yarmarkalari tashkil etildi. Buning uchun maxsus joy ajratilgan bo‘lib, unda ota-onalar 26 turdagi ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari, kiyim-bosh va poyabzallarni xarid qilishi mumkin. Shuningdek, o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari qoshida 200dan ortiq maktab yarmarkalari tashkil etilishiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Respublikamizning tuman va shahar markazlaridagi aholi gavjum bo‘lgan savdo markazlarida, bozorlarida tashkil etilayotgan maktab yarmarkalaridan 1 million 498 ming 400 nafar fuqarolarimiz foydalanishi kutilmoqda. Olis va borish qiyin bo‘lgan tog‘li hamda cho‘l hududlarida yashovchi aholiga qulaylik yaratish maqsadida 98 ta ko‘chma avtodo‘konlar xizmat ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, mahsulotlar sifati hech bir xorij mamlakatinikidan qolishmasligi kishini behad quvontiradi.

Shuningdek, bu yilgi o‘quv yilida 640 mingga yaqin bolalarni birinchi sinfga qadam qo‘yishi kutilayapti. Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari jamlangan “Prezident sovg‘asi”ining berilishi ham alohida e’tiborga olingan.

Xabaringiz bor, 2012 yili Prezidentimizning “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan edi. E’tiborlisi, yurtimizda joriy yildan chet tillarni o‘qitishning yaxlit tizimiga o‘tiladi. Shu munosabat bilan 4-sinf o‘quvchilari uchun chet tili kitobi yangitdan yaratildi. Ularga saboq beradigan o‘qituvchilarning malakasini oshirish ishlari to‘liq yakunlandi.

Yana o‘qing:  Tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik

Bu yil ham boshlang‘ich sinflarga katta e’tibor qaratilib, o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida o‘tgan yillardagi tajribalarni davom ettirgan holda 3-sinfning 7 ta asosiy fanlariga multimedia ilovalarini tayyorlagan holda darslarni tashkil etish joriy etilmoqda. Bundan tashqari 5-9-sinflarda informatika, matematika, kimyo, fizika, biologiya, geografiya kabi turkum fanlarni o‘qitishda yangicha, ya’ni jahon tajribasining eng ilg‘or yutuqlarini joriy etgan holda fan dasturlariga o‘zgartirishlar kiritilishi va darsliklarni dasturga muvofiqlashtirish ishlari, shuning bilan birga, laboratoriya jarayonlarini o‘tkazishda virtual elektron laboratoriyalardan foydalanishni joriy etish masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika multimedia markazi tomonidan shu yilning o‘zida 9 ta ana shunday fanlarning elektron multimedia dasturlari yaratilib, ta’lim jarayoniga joriy etishga tayyorlab qo‘yilgan. Hozirgi kunda 493 nomdagi ana shunday elektron media variantlardagi dasturlar shakllandi va bu orqali o‘quvchilarimizning, birinchi navbatda, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish kompitensiyalarini oshirish uchun xizmat qiladigan va o‘zlari ustida ishlash, qo‘shimcha ma’lumot olish imkonini beradigan dasturlar vujudga keldi. Bu esa ta’lim sifati samaradorligining muhim mezoni sanaladi.

Muxtasar qilib aytganda, yangi o‘quv yili yangi orzu, yangi marralarni ko‘zlash demakdir. Farzandlarimiz uchun yaratib berilayotgan bunday shart-sharoit va imkoniyatlar ishonamizki, kelgusida, albatta, o‘zining ijobiy mevasini berajak.

 

Mayna HASANOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: