Kurash – iftixorimiz

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Milliy matbuot markazida mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi oldidan “Kurash – milliy iftixorimiz” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda vazirlikning mas’ul xodimlari, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi a’zolari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti professor-o‘qituvchilari, murabbiylar va yuqori natijaga erishgan sportchilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Anjumanda ta’kidlanganidek, uzoq tarixga ega bo‘lgan milliy kurashimiz umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida aks ettirishi usullarining o‘ziga xosligi bilan qisqa vaqt ichida dunyo sport jamoatchiligining e’tiborini qozondi. Mamlakatimiz Prezidenti va sport faollari sa’y-harakati tufayli milliy sportimiz dunyo arenalarini zabt etdi.

Tadbir yakunida kurashni yanada ommalashtirish borasida qilinishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.

O‘Z MUXBIRIMIZ

Yana o‘qing:  Inklyuziv ta’lim

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: