7 kun davomida
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi viloyat hududiy filialining ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Shuningdek, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalardan manzilli xabar olinib, sog‘lom turmush tarzi va uni to‘g‘ri tashkil etish to‘g‘risida maslahatlar berildi.
Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, “Ququmboy” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi Buloq mavzesida namunaviy loyihalar asosidagi 54 turar-joy foydalanishga topshiriladi.
Poytaxtimizning Pushkin maydonida quyosh batareyalaridan quvvat oluvchi svetodiodlar ishga tushirildi.
Joriy yilda qariyb 200 ta quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi. Yil yakuniga qadar ularni 400 taga yetkazish rejalashtirilgan. 37 ta’lim muassasasi, 74 qishloq vrachlik punkti va 294 ishlab chiqarish korxonasiga umumiy quvvati 271 kilovatt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatiladi.
“Sog‘lom avlod” muxbirlari xabarlari asosida tayyorlandi