Mavsum bexavotir o‘tsin!

Baland tog‘larning toza havosidan to‘yib-to‘yib nafas olish, sharqiroq daryolarda mazza qilib cho‘milish esa insonga o‘zgacha tetiklik baxsh etadi.

Lekin bunday sharoitda ehtiyotkorlikni aslo unutmaslik zarur. Chunki, cho‘milayotganda to‘satdan bolangizning quloq yoki burniga suv kirib ketishi yoki tog‘li joylarda ularni turli hasharotlar chaqib olishi mumkin.

Bunday noxush paytlarda birinchi galda qanday yordam ko‘rsatish lozimligi haqidagi savollaringizga oliy toifali shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi Elmurod Nurov javob beradi:

 

– Quloqqa yot jismlar yoki biror hasharot kirib ketganda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi?

– Dam olish onlarini maroqli va bexavotir o‘tkazish uchun har bir kishi e’tiborli bo‘lishi kerak. Agar ehtiyotsizlik oqibatida quloqqa hasharot yoki shunga o‘xshash yot jism kirib ketsa, pinset bilan uni olib tashlash lozim bo‘ladi. Agar buning imkoni topilmasa, zudlik bilan lor-shifokorga murojaat qilish zarur. Mutaxasis tegishli tekshiruvlarni o‘tkazib bo‘lgach, kerakli muolajalarni amalga oshiradi.

– Suv havzalarida cho‘milish paytida oyoq tomirlari tortishib qolishi va buning oqibatida suvga cho‘kish kabi noxush hodisalar kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda, eng avvalo, nima qilish lozim?

– Issiq havoda sovuq suvga tushganda bunday ko‘ngilsiz hodisalar ko‘p kuzatiladi. Agar ko‘z o‘ngingizda kimdir cho‘kayotganini ko‘rsangiz, zudlik bilan unga yordam ko‘rsatishga harakat qiling. Suzishni bilmasangiz, yon-atrofingizdagilarni yordamga chaqiring.

Cho‘kkan insonni suvdan olib chiqqach, boshini pastga qilib ushlab turish zarur. Og‘izdagi suv oqib tushgach, tibbiy yordamning ikkinchi bosqichiga o‘tiladi. Bemorning boshi to‘g‘rilanib, unga sun’iy nafas berish boshlanadi. Bunda uning burnini berkitib, og‘izdan nafas yuboriladi.

Charos XUSHVAQTOVA tayyorladi.

Yana o‘qing:  Velosiped tanlash

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: