Tarbiyadagi xato – kelajak zavoli

Ma’naviyat ta’lim-tarbiya jarayonida shakklanadi. Kishining har tomonlama kamolotga yetishida ma’naviy ehtiyoj muhim ahamiyatga ega.

Har bir inson o‘zini o‘rab turgan voqelik haqida mulohaza yuritadi. Tarbiyaning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi, dunyoqarashning kengayishi esa ma’naviy komillik sari yetaklaydi. Inson ehtiyojlarining ijobiy tomonga tarbiyalanib borishi uning ezgu maqsadlar sari intilishiga zamin hozirlaydi. Aksincha odamda ehtiyoj halollik tushunchasi bilan yo‘g‘rilgan bo‘lmasa, u to‘g‘ri yo‘lni yo‘qotadi. O‘zi bilmagan holda halokat yoqasiga kelib qoladi.

Bugun ba’zi ota-onalar tarbiya jarayonida inson ziynati hisoblanmish olijanoblik, samimiylik, vatanparvarlik kabi bebaho fazilatlarni farzandlari ongiga singdirishni unutib qo‘yayotgandek, nazarimda. Tarbiyadagi bu nuqson ayrim yoshlarda har bir narsani pul bilan o‘lchash, takabburlik, hayotdagi har bir voqea-hodisadan manfaat qidirish kabi illatlarning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Tasavvur qilaylik, ular kelajakda yaxshigina kasb egasi bo‘lishlari, oilasini moddiy tomondan to‘la ta’minlashi mumkin, biroq bungacha ular ruhiy tarbiyadan mosuvo bo‘ladilar.

Chindan ham ayrim ota-onalar o‘zlari istamagan holda farzandlari ehtiyojlarining noto‘g‘ri tarzda shakllanishiga, botiniy istaklarining nopok havaslar bilan boyishiga sharoit yaratib berishayapti. Vaholanki, o‘tmishga nazar tashlasak, qadimdan ajdodlarimiz o‘z avlodlarining sog‘lom, vijdonli, diyonatli, iymonli, mehnatkash, bir so‘z bilan aytganda, qalbi pok inson bo‘lib yetishishlari uchun harakat qilganlar. Ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan barcha dostonlar, ertagu masallar ham asosan tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi bilan yuqoridagi so‘zimizga yaqqol misol bo‘la oladi.

Shu o‘rinda, milliy mentalitetimizga zid bo‘lgan, sharqona xulq-atvor me’yorlariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan ayrim teleseriallar, saviyasi past oldi-qochdi nashrlar to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tish joiz. Bular yoshlar ma’naviy dunyosining nafaqat yuksalishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki ular ongini so‘qirlik botqog‘i sari yetaklaydi.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yosh avlodning ma’naviyatli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi uchun juda ko‘plab xayrli ishlar qilinmokda. Biroq, bu jarayonda, avvalo, mahalla, ota-ona, bir so‘z bilan aytganda, barcha-barchamizdan yuksak mas’uliyat talab qilinadi.

 

Dilrabo QOSIMOVA,

Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Davlat bojini to‘lash qanday tartibda amalga oshiriladi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: