Shodliklarga boy maskan

Bola hayotining har bir davri o‘sish va rivojlanish jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bunda oilada ota – onaning, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktablarda psixolog, tarbiyachi-pedagoglarning roli katta.

– Farzand tarbiyasi qiyin va murakkab jarayon. Bola bilan ishlash uchun tarbiyachi-pedagogdan katta mas’uliyat talab etiladi, – deydi tajribali pedagog Feruza Qodirova.

Bugungi kunda 280 nafar bolaning sog‘lom voyaga yetishi yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi “Tabassum” nomli 18-son maktabgacha ta’lim muassasasining 14 nafar pedagog-tarbiyachilardan iborat jamoasi ayni damda yozgi sog‘lomlashtirish ishlari bilan band. 9 guruhda turli yoshdagi bolalar tarbiyalanayotgan ushbu maskanda shirintoylarning miriqib dam olishi, mashg‘ulot va to‘garaklarga jalb etilishi uchun barcha sharoit mavjud.

Tarbiya maskanida shirintoylarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, ma’naviy dunyosini shakllantirish va salomatligini mustahkamlash maqsadida faoliyat ko‘rsatayotgan raqs, gimnastika, mohir qo‘llar, “Zumradoylar davrasi”, “Ingliz tilini o‘rganamiz” kabi to‘garaklar “Bolajon” tayanch dasturi asosida olib borilmoqda. Bunday ishlarni samarali yo‘lga qo‘yilishida tarbiya maskanining tajribali rahbari hamda tarbiyachi-pedagoglardan Marina Tarasenko, Tatyana Vohidova, Gulzara Morayeva, Nazokat Xolmatova, Railya Yo‘ldoshevalarning xizmatlari beqiyos.

Ushbu muassasada “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi va “Sog‘lom bolajon” uslubiy qo‘llanmasi asosida metodik tavsiya va jismoniy tarbiya tadbirlari ham tashkil etilmoqda. Ya’ni, bolalarning ko‘proq ochiq havoda bo‘lishlarini ta’minlash, jismoniy o‘yin va mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Jumladan, katta guruhlar o‘rtasida “Quvnoq o‘yinlar”, o‘rta guruhlarda “G‘olib bo‘lishim kerak”musobaqalari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. Shuningdek, mazkur muassasa tarbiyalanuvchilari tuman miqyosida bo‘lib o‘tgan “Ingliz tilini o‘rganamiz” festivalida faol ishtirok etdi. Ana shunday sharoitda kamol topayotgan bolajonlar sog‘lom va intellektual jihatdan yetuk bo‘lib kamol topayotir.

Ona Vatanimiz kelajagi bo‘lmish farzandlarni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda fidoyi pedagog-tarbiyachilarning o‘rni beqiyos. Ana shu yo‘lda astoydil mehnat qilayotgan Yangiyo‘l tumanidagi “Tabassum” nomli 18-son maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasi hozirgi kunda sog‘lomlashtirish ishlari bilan birga, kuzgi mavsumga puxta hozirlik ko‘rmoqda.

Maryam AHMEDOVA,

Toshkent viloyati

Yana o‘qing:  Makkajo‘xorini tez pishirish usuli

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: