Xalqaro hamkorlik istiqbollari
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida doktorlik ta’limi sifatini oshirishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Yevropa ittifoqining “Tempus” dasturi doirasidagi UZDOC loyihasi asosida tashkil etilgan tadbirda yurtimizdagi ko‘plab oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Xorvatiya, Slovakiya davlatlarining nufuzli universitetlari mutaxassislari ishtirok etdi.
Konferensiyada yuqori malakali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish yo‘llari, zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ta’lim sifatini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.
Nozimaxon UBAYDULLAYEVA,
TFI qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi