5 daqiqada me’da osti bezi saratonini aniqlash mumkin
Me’da osti bezi saratonini erta bosqichlaridan arzon va tez fursatda aniqlash usulini 15 yoshli o‘smir ixtiro qildi. Endi bu yangilik tufayli millionlab insonlarning hayotini qutqarish mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda 85 foiz holatda me’da osti bezi saratoni bilan xastalangan bemorlarda kasallik kech aniqlanadi. Ixtirochi bu xastalikda qondagi protein mesotolin miqdorining yuqori bo‘lishini aniqladi.
Jons Xopkins universiteti laboratoriyasidan kerakli ma’lumotlar olgan yosh ixtirochi oddiy qog‘oz sensor yaratdi. U yaratgan test 1 tomchi qon yoki safro yordamida insondagi saraton turini aniqlashi mumkin. E’tiborlisi, o‘smirning bu ixtirosi oldin yaratilganlariga qaraganda 90 foiz aniqlikda ishlaydi.
– Mazkur test avvalgilariga qaraganda 400 barobar sezgir, 168 marta tez va 26 ming marta arzon sanaladi. U 5 daqiqada kasallikni aniqlab beradi, – deydi yosh ixtirochi.
X. HUSENOVA