Zavol so‘qmog‘i

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni deb belgilanib, ushbu sanada dunyo hamjamiyati tomonidan turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra dunyo bo‘yicha har yili o‘n minglab odamlar giyohvandlik tufayli hayotdan ko‘z yummoqda. O‘z umriga zomin bo‘lish bilan birga, ular qarindoshlari va yaqinlarining hayotini ham barbod etadi, jamiyatga katta zarar yetkazadi. Aksariyat hollarda giyohvandlar yuqumli kasalliklar tarqalishining sababchisi bo‘lib, ular ushbu og‘u ta’sirida turli jinoyatlarga qo‘l uradilar. Giyohvand moddalarning xotin-qizlar orasida tarqalishi va iste’mol qilinishi esa juda achinarli holatdir. Sababi ularning farzandlari og‘ir xastaliklar bilan tug‘ilib, umri davomida oilaga faqat ayanchli, azobli kunlarni “tuhfa etadi”.

Respublikamizda ham giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq muammolarga jamiyat e’tiborini tortish, aholining giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqidagi bilimlarini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Aslida giyohvandlik mudhish oqibatlarga olib keluvchi illat ekanligini har bir ota-ona chuqur bilishi zarur. Ular farzandlarini kelajakda jismonan sog‘lom, ruhan tetik inson qilib tarbiyalash oiladan boshlanishini aslo unutmasliklari kerak.

Insonga bir umr hamroh bo‘ladigan fazilatlar – ezgulik, yaxshilik, yaratuvchanlik, fidoyilik, sadoqat, mardlik oiladagi tarbiyadan boshlanadi. Bugungi kunga kelib, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi dunyo taraqqiyoti va barqarorligiga putur yetkazuvchi jiddiy muammoga aylanib ulgurdi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Boz ustiga “oq ajal”ning tarqalishidan kelib tushayotgan foyda terrorizm, odam savdosi kabi o‘ta og‘ir jinoyat turlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida sarflanyapti. Mazkur ofatning halokatli oqibatlarini sergaklik bilan baholash, uning ildiziga bolta urish esa jamiyatda tinchlik, xavfsizlik, farovonlik, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va uni yuksaltirishning muhim shartidir.

Yurtimizda giyohvand moddalar noqonuniy savdosiga qarshi kurashga oid mustahkam tashkiliy-huquqiy poydevor yaratilib, ularning ijrosi doimiy e’tiborda bo‘lib kelayotir. Xususan, O‘zbekiston hukumati Birlashgan Millatlar Tashkilotining giyohvand moddalar nazoratiga oid Konvensiyalariga qo‘shilgan va giyohvand moddalarni noqonuniy aylanishi bo‘yicha bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlik olib bormoqda. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) kabilar shular jumlasidandir. Ushbu hamkorlikning barchasi ijobiy natijalar bermoqda.

Yana o‘qing:  “Vos-vos” fikrlarning sababi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasi tuzilgan. Tashkilot tomonidan “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash” oyligini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha turli chora-tadbir rejalari tuzilib, uning ijrosi muntazam nazorat qilib borilmoqda.

Bugun dunyoda giyohvand moddalarning tabiiy va sintetik turlari mavjud bo‘lib, bulardan eng ashaddiysi geroin hisoblanadi. Geroinning bir martalik in’yeksiyasidan so‘ng inson bedavo dardga mubtalo bo‘ladi.

Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi. Xo‘sh, giyohvandlik changaliga farzandlarimiz qanday tushib qolmoqda? Avvalo, shuni aytish kerakki, irodasi sust va kuchsiz, o‘zini illatlardan tiya olmaydigan, o‘tkir sezgilarni o‘zida sinab ko‘rishga qiziquvchan yoshlar hamisha o‘zlari uchun biror “yangilik” o‘ylab topadilar. Yana ruhan zaif va o‘ta xudbin bo‘lgan, katta yoshdagi giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchi shaxslarga taqlid va havas qiluvchi, ota-onalari ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka moyil bo‘lgan, nosog‘lom muhitda tarbiyalangan o‘smirlar ham bu “girdob” ta’siriga tez tushadi.

Giyohvand moddaning osongina topilishi yoki qo‘l ostida bo‘lishi, giyohvandlikka olib keluvchi asosiy omillardandir. Bu dard og‘ir, uzoq yillar davom etadigan surunkali xastalikdir. Bunday bemorlarda ruhiy, jismoniy qaramlik belgilari namoyon bo‘ladi.

Ruhiy qaramlik belgilari: tajanglik, kayfiyat va uyquning buzilishi, xotiraning pasayishi, tushkunlik, ishtahasizlik hamda ko‘zning yoshlanishi orqali kuzatiladi. Jismoniy qaramlik belgilari esa ko‘p terlash, yurakning tez urishi, og‘iz qurishi hamda ozib ketish, qo‘l-oyoqlarning titrashi va boshqa belgilar bilan tavsiflanadi. Agar bemor o‘z vaqtida giyohvand moddani qabul qilmasa, organizmda narkotik moddaga xos og‘ir holat – xumorlik sindromi paydo bo‘ladi.

Yurtimizda giyohvand bemorlarni davolash maqsadida narkologik shifoxonalar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, bunday muassasalar barcha zaruriy tibbiy jihozlar, malakali xodimlar bilan ta’minlangan. Bemorlar 4-5 oy davomida narkolog-shifokor nazorati ostida davolanadi. So‘ngra ular 4-5 yil davomida dispanser ro‘yxatida va nazoratida bo‘ladilar.

Zulxumor MUTALOVA,

Salomatlik va tibbiy statistika

instituti direktori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: