Asalning ham ozi yaxshi

Bolaligimni eslayman. Xovlida o‘ynayotganimizda, onam “Multik boshlandi, qizim kelaqol”, deb chaqirardilar. Hamma bolalar xursand bo‘lib uy-uyiga chopishardi.

Bir yoki ikki qismlik multfilmdan keyin boshqa ko‘rsatuvlar boshlanardi. Biz ham shunga qanoat qilganmiz. Keyin hammamiz dars tayyorlar, ota-onamizga ro‘zg‘or ishlarida yordamlashardik.

Yaqinda maktab yoshidagi jiyanim mehmonga keldi. “Biznikida bir kun tunab qol”, desam unamadi. Keyin onasi bilan gaplashib bilsam, ularning uyida internet Wi Figa ulangan ekan. Oy oxirida bolalar qolgan megabaytlarni “kuydirmaslik” uchun kecha-yu kunduz internetga “sayohat” qilishadi deydi, onasi kulib. Ota-ona shunday deb turganidan keyin bolalarimizdan nimani kutamiz. Internetda maqsadsiz har xil saytlarda “kezib” yurgan bu bolajonlardan kelajakda nimani qilish mumkin.

Hozir zamon taraqqiyoti tufayli juda ko‘p narsa ilg‘orlab ketdi. Deyarli hammaning uyida DVD, internet bor. Istalgan multfilmlarning disklarini xarid qilib ko‘rishingiz yoki internetdan yuklab olishingiz mumkin. Uyimizdagi oddiy televizorning o‘zida ham bolalar uchun alohida bir nechta kanallar bor. Kun bo‘yi farzandlarimiz mazza qilib multiklar tomosha qilishlari mumkin. Bu yaxshi albatta. Bolalar zerikmaydi, deymiz. Ammo kunini ekran qarshisida o‘tkazayotgan bu bolalarning sog‘lig‘i, ma’naviyati haqida ham qayg‘urishimiz kerak. Ayniqsa, ularning yozgi ta’til kunlarida ularning tarbiyasiga ma’suliyatimizni yanada oshirishimiz kerak. O‘quv davrida bolalarimiz maktabdan keyin dars qilishi, to‘garaklarga qatashishi tabiiy. Yozgi ta’tilda ular nima bilan band bo‘lishadi? Kattalar ishda. Bolalar uyda. To‘g‘ri yozgi oromgohlar ishlab turibdi. Ammo butun ta’tilni oromgohda o‘tqazishmayd-ku! Hamma ota-onalar ham farzandlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun sharoitlar yaratgan deb ayta olmaymiz. Aksariyat yoshlar uchun qiziqarli mashg‘ulotlardan biri – televizor ekanligi hech kimga sir emas.

Demoqchimanki, asalning ham ozi yaxshi. Zamon shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda, imkoniyatlardan oqilona foydalanishning ayni vaqti. Axir yoshlik insonga bir marta beriladi-ku!

Nargiza MIRAZIKOVA

Яна ўқинг:  Дарддан халос бўлдим

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: