Ijaraga uy olmoqchiman: uning qonuniy asoslari qanday?

Bugungi kunda yurtimizda odamlarning ehtiyojidan kelib chiqib, xonadonlar ijaraga berilmoqda. Bunday holatda ijaraga beruvchi tomonda qonuniy asosda hujjat bo‘lishi lozimligi hammaga ma’lum. Biroq, ijaraga oluvchilarning barchasini ham bunday tartibdan aniq xabardor deb bo‘lmaydi. Ijara shartnomasida qanday hujjatlar talab etiladi va uning ahamiyati xususidagi savollarga Toshkent shahar, Shayxontohur tumani 7-son davlat notarial idorasi notariusi Iroda Mustafoyeva javob beradi.

 

Men uyimni ijaraga bermoqchiman. Ijara shartnomasini notarial tartibda rasmiylashtirish uchun qanday hujjatlar kerakligi haqida ma’lumot bersangiz?

O‘zbekiston Respublikasining Ijara to‘g‘risidagi qonunining 2-moddasida quyidagicha belgilangan.

Ijara munosabatlari ushbu qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Xonadoningizni ijaraga berish uchun bitimni hujjat bilan rasmiylashtirish kerak. Agar turar joyni ijaraga berish shartnomasi bo‘lmasa va u notarial tasdiqlanmasa, sizga eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorida jarima solinadi. Bundan tashqari, soliq organini turar joyni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar to‘g‘risida xabardor qilish kerak.

Siz ijaraga bermoqchi bo‘lgan xonadonda kimlar ro‘yxatga qo‘yilganligi va yashayotganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma ham olishingiz kerak. Toshkent shahariga doimiy ro‘yxatga qo‘yilganligi to‘g‘risida tuman IIB pasport bo‘limining 17-son shakli deb nomlanadigan ma’lumotnoma kerak. Yashayotganlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomani fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi beradi.

Hamma zarur hujjatlar tayyor bo‘lgach, pasport va hujjatlarning, sizning va bo‘lg‘usi ijarachining STIR nusxalarini olib, u bilan birga turar joyni ijara shartnomasini tuzish va tasdiqlatish uchun notarial idoraga borish lozim. Xususan, turar joyni ijaraga olish O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi. Shartnoma tuzish chog‘ida shuni bilish lozimki, ushbu kodeksning 612-moddasiga ko‘ra, uning amal qilish muddati 5 yilgacha bo‘lishi mumkin. Agar u 1 yildan kam muddatga tuzilsa, ikkala tarafning roziligi bilan bu muddatni uzaytirish mumkin.

 

 

Men ijarada turaman. Uy egasi bilan o‘zaro ijara shartnomasi tuzilgan. Xonadonda istiqomat qilgan paytimda uyda turli kamchiliklar borligi aniqlandi. Ularni bartaraf etish uchun kim javobgar hisoblanadi?

Ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mulkdan foydalanishga xalaqit berayotgan undagi nuqsonlar uchun, shu jumladan, shartnoma tuzish chog‘ida aniqlanmagan nuqsonlar uchun ham javobgardir. Agar ijaraga beruvchi ijaraga berilgan mulkni ijarachiga foydalanish uchun o‘z vaqtida bermagan bo‘lsa, ijarachi undan bu mulkni talab qilib olish hamda ijroni kechiktirib yuborganligi oqibatida yetkazilgan zarar o‘rnini qoplashni talab qilishga yoxud shartnomadan voz kechib, shartnomani bajarmaganlik oqibatida o‘ziga yetkazilgan zararni undirib olishga haqli.

Yana o‘qing:  Cho‘milish qoidalarini bilasizmi?

 

 

Men ko‘p qavatli uylardan birida ijarada turmoqchiman. Uy egasi bilan ijara shartnomasi tuzish kerakligi xaqida xabarim bor. Bu shatrnomada asosan nimalar ko‘zda tutilgani haqida ma’lumot bersangiz?

Ijara shartnomasida ijaraga berilayotgan mol-mulkning tarkibi va qiymati, uni ijaraga berish tartibi va muddati, ijara haqi shartlari hamda miqdori, uni to‘lash muddatlari, ijaraga beruvchi ijarachiga berishi kerak bo‘lgan mol-mulkning holati, ijarachining mol-mulkdan foydalanish shartlari, mol-mulkni ijaraga beruvchiga qaytarish tartibi, ijaraga berilgan mol-mulkni tiklash va ta’mirlash yuzasidan tomonning majburiyati, tomonlarning mas’uliyati ko‘zda tutiladi.

Ijara shartnomasi asosida yerga, boshqa tabiiy resurslarga, shuningdek, xo‘jalik faoliyatini va o‘zga faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish uchun ijarachiga zarur bo‘lgan mol-mulkka haq evaziga muddatli egalik qilish va undan foydalanishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasining Ijara to‘g‘risidagi qonunning 1-moddasida “Ijara O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man etilmagan faoliyatning hamma sohasida mulkchilikning barcha shakl va turidagi mol-mulkiga nisbatan qo‘llanishi mumkin” deb belgilangan.

 

Savol: Men ijaraga do‘kon olib, savdo qilmoqchi edim. Ijaraga olingan mulkning qiymati qay tartibda belgilanadi?

Ijaraga berilayotgan davlat mulkining qiymati O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq belgilanadi. Ijaraga berilayotgan davlatga qarashli bo‘lmagan mulkning qiymatini mulkdor belgilaydi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasining Ijara to‘g‘risidagi qonunining 6-moddasida belgilab qo‘yilgan.

 

Charos XUSHVAQTOVA yozib oldi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: