Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi Toshkent hududiy bo‘limi xodimlari o‘rtasida korrupsiyani oldini olish mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Seminarda ishtirok etgan inspeksiya markaziy apparati yetakchi mutaxassislari respublikamizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida hukumatimiz tomonidan 2016–2017 yillar uchun kompleks rejasi tasdiqlangani va ushbu rejaga muvofiq inspeksiyaning 2016–2017 yillar uchun korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakat kompleks rejasi xususida to‘xtaldi.
Seminar so‘nggida inspeksiya faoliyati, har bir xodimga yuklangan vazifa va topshiriqlar, ularning huquqiy bilim saviyasini oshirish, qonun-qoidalarga qat’iy amal qilish lozimligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Botirjon ZOKIROV,
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi
Toshkent hududiy bo‘limi boshlig‘i