“Orzu”da orzudagi uylar
Davlatimiz rahbarining 2009 yil 3 avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Namangan viloyatida ham bu borada keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Namangan tumanidagi “Orzu” massivida keyingi yillarda namunaviy loyihalar asosida o‘nlab uy-joylar foydalanishga topshirildi. Bu yerda hovli to‘yini o‘tkazganlardan biri – Namangan muhandislik-pedagogika instituti o‘qituvchisi Sa’dulla Umarxonov oilasidir.
– Shinamlik, ko‘rkamlik va qulaylikdan dil yorishadi, – deydi Sa’dulla akaning turmush o‘rtog‘i Shahnoza Umarxonova. – Xonalar alohida, milliy urf-odatlarga mos joylashtirilgani bizga g‘oyatda manzur bo‘ldi.