7 kun davomida
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hududida O‘quv-tadqiqot to‘qimachilik texnoparki qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.
Mazkur texnopark qurilish rejasiga ko‘ra 4 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan hududda o‘quv xonalari, konferensiya va ko‘rgazma zallari, laboratoriyalar, ofislar, oranjereya va boshqa ob’yektlar joylashtiriladi. 1, 5 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda tashkil etiladigan ilmiy-tajriba laboratoriyasi quriladi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlab “25” nomli aksiya tashkil etdi. Unda “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkaziladigan ushbu tadbirda yoshlar o‘rtasida mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlarning mazmun-mohiyatini targ‘ib etuvchi ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazilishi e’lon qilindi.
Marg‘ilon shahrida “Yuksak ma’naviyatli avlod” respublika yoshlar festivalining Farg‘ona viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 300 dan ortiq ishtirokchi o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining “Salomatlik” poyezdlari faoliyatiga doir matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “Salomatlik” poyezdida hamkorlik qilgan mutasaddi tashkilot a’zolari, shifokorlar, keng jamoatchilik vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
“Sog‘lom avlod” muxbirlari xabarlari asosida tayyorlandi