Organizmga juda foydali meva-sabzavotlar
Mutaxassis – diyetologlar fikriga ko‘ra baqlajon, qizil loviya, ko‘ksulton, olxo‘ri kabi siyohrang tusli meva-sabzavotlar juda foydali hisoblanar ekan. Chunki, ular tarkibida ko‘p miqdorda antotsianlar mavjud. Bu moddalar o‘simlik pigmenti, deya ataladi. Ular qon tomirlar devorini mustahkamlaydi va organizmda yomon xolesterin paydo bo‘lishining oldini oladi. Shuningdek, antotsianlar viruslarga qarshi kurashuvchanlik xususiyatiga ham egadir.