MUZAFFAR SPORTCHILAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

Poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida 29 avgust kuni XXX yozgi Olimpiya o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘ldi.

Shu munosabat bilan bu yerga davlat va jamoat tashkilotlari, jamoatchilik vakillari, sportchilar, murabbiylar, jurnalistlar yig‘ildi.

Tadbirda sportchilarimizning London Olimpiadasidagi ishtiroki va erishgan muvaffaqiyatlari Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan sportni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasi ekani ta’kidlandi. Mamlakatimizning barcha hududlarida barpo etilgan zamonaviy sport inshootlarida, umummilliy harakatga aylangan musobaqalarda toblangan yoshlarimiz bugun eng nufuzli xalqaro turnirlarda, qit’a va jahon chempionatlarida yuksak natijalarni qo‘lga kiritmoqda.

XXX yozgi Olimpiya o‘yinlarida ham sportchilarimiz o‘z mahorati va salohiyatini namoyon etib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.

Davlatimiz rahbarining 2009 yil 5 yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi sportchilarining 2012 yil London shahri (Buyuk Britaniya)da bo‘lib o‘tadigan XXX yozgi Olimpiada va XIV Paralimpiada o‘yinlarida ishtirok etishga tayyorgarligi to‘g‘risida”gi qaroriga binoan sportchilarimizga barcha zarur shart-sharoit yaratildi. Buning natijasida 53 nafar olimpiyachimiz murakkab saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, sportning o‘n besh turi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi.

Bu Londondagi asosiy bellashuvlarda ham o‘z samarasini berdi. Jumladan, erkin kurashchimiz Artur Taymazov bu gal ham bosh sovrinni qo‘lga kiritib, uch karra Olimpiya chempioni, degan yuksak nomga sazovor bo‘ldi.

Dzyudo bo‘yicha ikki karra jahon chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibi Rishod Sobirov, boks bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Abbos Atoyev va erkin kurash bo‘yicha Pekin Olimpiadasi kumush medali sovrindori Soslan Tigiyev O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga bittadan bronza medal qo‘shdi.

— London Olimpiadasida O‘zbekiston nomi, davlatimiz madhiyasi baralla yangrashiga o‘z hissamni qo‘shib, Prezidentimiz Islom Karimovga bergan va’damning ustidan chiqqanimdan xursandman, — dedi erkin kurash bo‘yicha uch karra Olimpiya chempioni Artur Taymazov. — Biz, sportchilar erishgan muvaffaqiyatlar — butun xalqimizning yutug‘i. Kamtarona mehnatimizni davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlagani uchun Prezidentimizdan behad minnatdormiz.

Yana o‘qing:  YURT MADHINI KUYLAYMAN

— Olimpiada o‘yinlari shohsupasiga ko‘tarilishni bolaligimdan orzu qilar edim, — dedi Abbos Atoyev. — Mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor tufayli orzularim ushaldi. Davlatimiz rahbarining farmoniga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlanganim, ayniqsa, bu unvonni Prezidentimiz topshirgani meni yanada mamnun etdi.

— Prezidentimiz Olimpiada g‘oliblariga yurtimizning yuksak unvonlarini topshirgani, yangi zafarlar tilagani bizga katta kuch-g‘ayrat bag‘ishladi, — dedi Rishod Sobirov. — 2016 yilda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlariga yanada mas’uliyat bilan tayyorgarlik ko‘ramiz. Oltin medalni qo‘lga kiritib, davlatimiz rahbarining yuksak ishonchini oqlaymiz.

Uch karra Olimpiya chempioni Artur Taymazovga “Malibu”, London Olimpiadasi bronza medallari sovrindorlari — Abbos Atoyev, Rishod Sobirov, Soslan Tigiyevga “Lasetti” avtomobillari hamda pul mukofotlari topshirildi.

Yana o‘qing:  TIBBIYOT KADRLARI SALOHIYATINI OSHIRISH – ZAMON TALABI

Mukofotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikromov topshirdi.

Anvar SAMADOV,

O‘zA muxbiri,

Muhammad AMIN

(O‘zA) olgan surat.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: