Men va oilam sportchi

Poytaxtimizning G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag‘ishlab “Men va oilam sportchi” shiori ostida sport bayrami bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, tuman mahallalarida yashovchi oilalarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirishdan iborat.

Tadbirda oilaviy sportchilarning tanlangan sport (armrestling, shashka, 30 metrga yugurish, stol tennisi) turlari bo‘yicha bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Sport ustasi, armrestling bo‘yicha jahon chempioni Jasur Aliakberov raisligidagi hakamlar hay’ati a’zolari bayram ishtirokchilarining har bir chiqishini munosib baholab bordilar.

Bellashuvlar yakunida g‘oliblar G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i ma’muriyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar, medallar va attraksionlardan bepul foydalanish xuquqini beruvchi taklifnomalar bilan taqdirlandi.

Ch. XUSHVAQTOVA

Yana o‘qing:  “Qiymali sharcha” taomi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: